AQSh mudofaa vaziri Eronni Yaqin Sharqdagi eng asosiy tahdidlardan deb atadi

Jahon 14:54 / 20.11.2021 4942

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Eronni Yaqin Sharq mintaqasi uchun eng asosiy tahdidlardan biri deb atadi.

"Men biz to‘qnash kelayotgan to‘rtta muhim chorlovni ma'lum qilmoqchiman. Bular pandemiya, iqlim o‘zgarishi, terrorizm va Eron", - dedi Pentagon rahbari.

Tehron bilan yadroviy kelishuv borasidagi vaziyat haqida so‘zlarkan, Ostin Vashington bu masalani diplomatiya yo‘li bilan hal qilish niyatidaligi, ammo o‘z xavfsizligini ta'minlash uchun har qanday vositani qo‘llashga tayyorligini bildirdi.

"Eron rahbariyatining beqarorlik keltirib chiqaruvchi harakatlari, jumladan, terrorizm, xavfli sheriklari va yadroviy dasturni qo‘llab-quvvatlashidan xavotirdaman. AQSh Eronda yadro quroli bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik tarafdori", - dedi u.

U shu bilan birga, AQSh Eron yadroviy dasturi bo‘yicha harakatlar rejasini tiklash uchun bor kuchini ayamasligini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: