Kelajakka qadam: IBM kvant kompyuter uchun yangi chipni taqdim etdi

Fan-texnika 12:27 / 19.11.2021 33752

Bunday mashinalar kompyuter texnologiyalarida inqilobni amalga oshiradi va eng kuchli klassik protsessorlarning kuchi yetmagan masalalarni bajara oladi.

Biroq ko‘plab amaliy murakkabliklar laboratoriyadan ommaviy ishlab chiqarishga yuboriladigan modellarni yaratish imkonini bermaydi.

Yangi chip 127 kubit (kvant bit)ga ega. Bu esa IBM’ning avvalgi kvant kompyuterlaridan ikki marta ko‘proq. Kubit – kvant kompyuterlarda axborot birligi. Kompaniya Eagle (“Burgut”) nomini olgan yangi protsessor maishiy kvant kompyuterini yaratishda muhim bosqich deb hisoblaydi.

Ayrim ekspertlar Eagle’ni baholash uchun katta ma'lumotlar talab etilishini qayd etmoqda.

So‘nggi yillarda kvant protsessorlarga bo‘lgan qiziqish keskin o‘sdi. Chunki u kompyuter quvvatini sifatli tarzda o‘zgartirishi mumkin. Bu esa yangi material va dorilar hamda sun'iy idrok rivojiga hissa qo‘shadi.

Kvant dasturlash tamoyillariga asoslangan kubitlarning grafik tasviri / Getty Images

Klassik kompyuterlarda axborot birligi bit deb nomlanadi va u  yo nolga yoki birga teng bo‘lishi mumkin. Biroq bitning kvant ekvivalenti bir vaqtning o‘zida ham nol, ham bir bo‘lishi mumkin.

Kvant mexanikaning ushbu fundamental tamoyili kvant superpozitsiya deb ataladi, u bir vaqtning o‘zida bir necha holatlarda mavjud bo‘lishi mumkin.

Har bir qo‘shimcha kubit protsessor quvvatini taxminan ikki marta oshiradi. Eagle – IBM kompaniyasining uchinchi kvant protsessori. 2019 yilda kompaniya 27 kubitli Falcon (Lochin) protsessorini, bir yildan keyin esa 65 kubitli Hummingbird (Kolibri) protsessorini taqdim etgandi.

“Kvant protsessorlar nazariy jihatdan deyarli barcha sohalarni o‘zgartirish hamda zamonamizning eng yirik muammolarini hal qilishda yordam berishga qodir”, - dedi IBM tadqiqot bo‘limi direktori va vitse-prezident Dario Gil.

Ostindagi Texas universiteti kvant dasturlash bo‘yicha mutaxassisi Skott Aaronson o‘z blogida IBM tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda kvant dasturlashdagi olg‘a siljishni baholash imkonini beruvchi asosiy parametrlar mavjud emasligini qayd etdi.

2016 yilda IBM ko‘plab foydalanuvchilarga kvant dasturlash imkonini bergan ilk kompaniya bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: