Hindistonda fermerlar noroziligidan so‘ng yangi qonun bekor qilinadi

Jahon 18:43 / 19.11.2021 5008

Hindistonda bir yildan buyon fermerlar noroziligiga sabab bo‘lib kelayotgan yangi qonun bekor qilinadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Narendra Modi ma'lum qildi, deb xabar berdi The Assosiated Press.

Modi hukumatning bu harakati uchun uzr so‘radi va qishloq xo‘jaligini yuritish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgan yangi qonun parlamentning qishki sessiyasida bekor qilinishiga va'da berdi.  

«Xalq oldida uzr so‘ragan holda, biz haqligimizni fermer birodarlarga tushuntirish uchun yetarlicha harakat qila olmadik demoqchiman. Keling, hammasini boshidan boshlaymiz», — dedi bosh vazir.

U shuningdek, norozilik namoyishlari o‘tkazayotgan fermerlardan uylariga tarqalishlarini iltimos qildi.

O‘tgan yil sentyabrda mamlakat parlamenti qishloq xo‘jaligini yuritish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilishini tasdiqlagandi. Yangi qonun shu zahoti fermerlar noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular bu qonunni yirik korporatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan va mayda xususiy xo‘jaliklarni daromaddan mahrum qiladigan deb topishdi.

Ko‘proq yangiliklar: