Bayden prezidentlik vakolatini qisqa muddatga Harrisga topshiradi

Jahon 20:28 / 19.11.2021 17083

AQSh prezidenti Jo Bayden shifoxonada narkoz ostida bo‘lgan chog‘ida vakolatlarini vitse-prezident Kamala Harrisga vaqtinchalik topshiradi, deb ma'lum qildi Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki.

Psakining so‘zlariga ko‘ra, Bayden Uolter Rid tibbiyot markazida rejalashtirilgan kolonoskopiya tekshiruvidan o‘tadi. 

«Prezident Jorj Bush bilan 2002 va 2007 yillarda bo‘lgani kabi va AQSh konstitutsiyasiga muvofiq, prezident Bayden narkoz ostida bo‘lgan chog‘ida hokimiyatni qisqa muddatga vitse-prezidentga topshiradi», — deyiladi Psakining bayonotida.

U shuningdek, kunning ikkinchi yarmida tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra prezidentning salomatligi to‘g‘risidagi hisobot e'lon qilinishini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: