Toliblar boshqa mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklashga tayyorligini bildirdi

Jahon 15:08 / 18.11.2021 5549

“Tolibon” hukumati Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklash ustida ishlamoqda. Bu haqda Afg‘oniston axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid ma'lum qildi.

“Biz Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlarni imkon boricha tezroq tiklash ustida ish olib bormoqdamiz”, – dedi u.

Mujohidning qo‘shimcha qilishicha, toliblar agar taklif bo‘lsa, Rossiyaga yangi tashrifni amalga oshirishga ham tayyor.

“Delegatsiyamiz yaqinda Rossiyada bo‘ldi. Va agar yangi taklif bildirilsa, bu taklifga ijobiy javob beramiz va tashrif buyuramiz”, – dedi Mujohid.

Ko‘proq yangiliklar: