Tayvan Litvada o‘z elchixonasini ochdi

Jahon 16:28 / 18.11.2021 2996

Tayvan Litvada o‘z elchixonasini ochdi, bu orol uchun diplomatik siljish bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Tayvan tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, ikki mamlakat turli sohalarda hamkorlik qilish uchun ulkan salohiyatga ega.

Qayd etilishicha, Pekin Tayvanning bu harakatiga qarshilik qilgan.

Yevropaning boshqa mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan Tayvan vakolatxonalari «Taybey ofisi» yoki «komissiyasi» deb ataladi, ya'ni Litvadagi kabi «Tayvan» so‘zi qo‘llanilmaydi.

Avvalroq Litva hukumati Tayvanga mamlakatda o‘z vakolatxonasini ochishga ruxsat berganidan so‘ng Xitoy Vilnyusdagi elchisini chaqirtirib olishga qaror qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: