Dehlidagi zaharli tutun: Hindiston poytaxtidagi havoning ifloslanish darajasi qabul qilingan standartlardan yuqori

Jahon 14:33 / 18.11.2021 5661

Dehlida PM2,5 – odamlarning o‘pkasiga kirishi mumkin bo‘lgan havodagi mayda zarrachalar darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan normalardan ancha yuqori.

Masalan, PM2,5ning 0dan 50gacha bo‘lgan darajasi havo toza ekanini, 51dan 100gacha bo‘lgan darajasi esa qoniqarli ekanini anglatadi. Dehlida mazkur daraja 400ni, shaharning ayrim tumanlarida esa 500ni tashkil etmoqda.

Foto: Getty Images
Foto: Reuters

Avtomobil va sanoat chiqindilari, chang hamda ob-havo sharoitlari kabi omillar Dehlini dunyodagi eng ifloslangan shaharga aylantiryapti. Qish oylarida qo‘shni shtatlardagi fermerlar hosil yig‘ib olingach, boshoqli don poyalari qoldiqlarini yoqib yuborganida havo ayniqsa zaharli bo‘ladi.

Noyabr oyida hindlarning besh kun davom etadigan Divali festivalidan keyin ham havo sifati yomonlashadi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Dehli aholisi qish fasli yaqinlashganda har yili bir xil holatni boshdan kechiradi: havo kulrang tus oladi, odamlarning burni bitib, ko‘zlari achishadi, kasalxonalar yo‘tal va nafas qisishi shikoyati bilan kelgan bemorlar bilan to‘ladi. Dehlida hatto nafas olish ham xavfli bo‘lib qoladi.

Har yili Hindiston Oliy sudi shtat rasmiylari va federal hukumatni mas'uliyatli bo‘lishga chaqirib, havoni tozalash uchun rejalari haqida so‘raydi.

Har yili Dehli rasmiylari havoni tozalash uchun bir xil chora qo‘llaydi, biroq ular uzoq muddatli istiqbolda havo sifatini yaxshilashga deyarli hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.

Foto: Reuters
Foto: EPA

Ekologlarning fikriga ko‘ra, havoni tozalash keskin choralarni talab etadi. Bu esa mamlakat rahbariyati uchun hozircha ustuvorlikka ega emas.

Joriy yilda havoning ifloslanishi shu darajada dahshatli bo‘ldiki, Hindiston Oliy sudi Dehli, qo‘shni shtat va federal hukumat rasmiylariga muammoni hal qilish uchun shoshilinch va favqulodda choralar ko‘rishni buyurdi.

Shundan keyin Dehli havo sifatini nazorat qilish komissiyasi shoshilinch choralar haqida e'lon qildi.

Foto: Getty Images

Maktablar noaniq muddatga yopilishidan tashqari rasmiylar Dehli va qo‘shni shtatlar – Uttar-Pradesh, Panjob, Xaryana i Rojasthan shtatlariga 21 noyabrga qadar yuk mashinalari kirishini taqiqladi. Istisno faqat birinchi ehtiyoj tovarlari ortilgan yuk mashinalari uchun amal qiladi.

Komissiya avtomobillarning chiqindi gazlari bilan havoning ifloslanish darajasini kamaytirish uchun Dehli va qo‘shni shtat rasmiylariga kompaniyalarning 50 foizigacha bo‘lgan xodimlariga yaqin kunlarda uydan ishlashga ruxsat berishni tavsiya qildi.

Ko‘proq yangiliklar: