Yerevan Moskvaga Armaniston hududini himoya qilishni so‘rab murojaat qildi

Jahon 18:08 / 16.11.2021 8505

Armaniston hukumati mamlakat hududini Ozarboyjon qo‘shinlarining hujumidan himoya qilishni so‘rab Moskvaga murojaat yo‘llaydi. Bu haqda Armaniston xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan ma'lum qildi.

«Armaniston suveren hududiga hujum qilingani sababli 1997 yildagi shartnomaga ko‘ra, biz Rossiyaga Armaniston hududiy yaxlitligini himoya qilish chaqirig‘i bilan murojaat qilamiz. Hozirda yozma murojaat tayyorlanmoqda», — dedi u.

Grigoryanning so‘zlariga ko‘ra, Yerevan Ozarboyjon bilan muzokaralar natija bermasa, Rossiya Armanistonga yetarlicha harbiy yordam ko‘rsatishidan umid qilmoqda.

1997 yil avgustda Rossiya va Armaniston o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida shartnoma imzolangan. Uning amal qilish muddati 25 yilni tashkil etadi va avtomatik ravishda 10 yilga uzaytiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: