Kanadada suv toshqinlari bois butun boshli shahar aholisi evakuatsiya qilinadi

Jahon 16:26 / 16.11.2021 4162

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Merit shahri hokimiyati suv toshqinlari sababli zudlik bilan evakuatsiya e'lon qildi.  

Xabar qilinishicha, daryo toshishi natijasida ikkita ko‘prik suv ostida qolgan va mahalliy suv tozalash stansiyasini ishdan chiqargan.

Shuningdek, AQShda ham kuchli yomg‘irdan so‘ng suv toshqinlari yuz bergan.

Vashington shtatida yuzlab odamlar evakuatsiya qilingan. Shtat gubernatori Jyey Insli favqulodda holat e'lon qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: