Huawei kompaniyasi o‘zining ilk elektromobilini namoyish etdi. Avatr brendi ostidagi elektromobil taqdimoti Guanchjou avtosalonida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Autohome.
Elektromobil Changan va CATL kompaniyalari ishtirokida ishlab chiqarilgan.
Xususan, CATL akkumulyatorlarni, Huawei esa multimedia va onlayn-texnologiyalarni tayyorlagan.
Mashina 4 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi. Bir marta quvvatlanish orqali 700 kilometrgacha yo‘l bosadi.
Bundan tashqari, elektromobil to‘rtinchi darajali avtopilotga ega bo‘lib, imkoniyatlari bo‘yicha Tesla tizimidan ustun turadi.
Elektromobilni seriyali ishlab chiqarish 2022 yil bahordan boshlanadi.