Hindiston emlangan turistlar uchun ochildi

Jahon 07:50 / 16.11.2021 3146

Hindiston 2020 yil martdan buyon ilk bor xorijlik turistlar uchun chegaralarini ochdi. Mamlakatga koronavirusga qarshi to‘liq emlangan sayyohlargina kiritiladi, deb xabar bermoqda AP.

Bundan tashqari, turistlar pandemiya bo‘yicha barcha qoidalarga rioya qilishi va kirib kelganidan so‘ng 72 soat ichida koronavirusga test topshirishi kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, vaksinatsiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida kelishuv imzolagan mamlakatlardan kelgan turistlar koronavirusga test topshirmasliklari mumkin.

Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishi ortidan cheklovlar yumshatilmoqda.

Mamlakat hukumati kelgusi yil martiga qadar 500 mingta bepul viza berishni rejalashtirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: