Dunyodagi eng befoyda megaloyihalar ma'lum qilindi

Jahon 23:00 / 16.11.2021 11817

Videoblog muallifi dunyodagi eng bahsli megaloyihalardan biri sifatida Ispaniyada qurilgan Syudad Real xalqaro aeroportini eslab o‘tgan. Ispaniya poytaxti Madriddagi aeroportlarga tushadigan yuklamani kamaytirish uchun mo‘ljallangan aeroport qurilishiga 1,2 mlrd yevro sarflangan. Biroq aeroport Madriddan 200 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, uning qurilishida bunday olis masofaga na odamlar, na aviakompaniyalar borishni istamasligi inobatga olinmagan. Oxir natijada aeroport bor-yo‘g‘i 10 ming yevroga sotib yuborilgan. Iqtisodiyotga kuchli zarba bergan pandemiya vaqtida aeroportning uchish-qo‘nish yo‘laklarida aviakompaniyalar ehtiyoj sezmagan samolyotlar saqlana boshlangan.     

Befoyda megaloyihalar qatoriga Myanmaning yangi poytaxti – Neypido shahri ham kiritilgan. Blogerning ta'kidlashicha, mamlakatning avvalgi poytaxti Yangon o‘ziga yuklangan barcha vazifalarni yaxshi uddalagan bo‘lsa-da, harbiylar tuzumi poytaxtni ko‘chirishga qaror qilgan. Neypidoda hashamatli mehmonxonalar bo‘lgan bir nechta tuman, ko‘plab savdo markazlari va 20 polosali shosse qurilgan, biroq u yerda sifatli ta'lim va sog‘liqni saqlash tizimi hamda ish o‘rinlari yo‘qligi sababli aholi u yerga ko‘chishni istamagan. Buning natijasida Neypido tez orada “arvoh-shahar”ga aylangan.

Biroq eng mantiqsiz megaloyiha sifatida Nevada shtatidagi Yukka tog‘ida radioaktiv chiqindilar uchun ishga tushirilmagancha qolib ketgan ombor aytilgan. Tog‘ odamlar yashash joyidan olisda joylashganiga qaramay, shtat aholisi ombor birorta yadroviy reaktor mavjud bo‘lmagan Nevadada qurilishiga norozilik bildirishgan. Natijada AQSh hukumati omborni qurish bo‘yicha ko‘p milliardlik ishlarni ma'qullagan bo‘lsa-da, o‘sha vaqtdagi prezident Barak Obama loyiha ustidagi keyingi ishlarni taqiqlagan.

Ko‘proq yangiliklar: