Britaniyada terrorchilik xavfi “jiddiy” darajagacha oshirildi

Jahon 09:11 / 16.11.2021 3891

O‘z navbatida, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson “terrorchilar mamlakatni qo‘rqita olmasligini” aytgan. “Biz aqlsiz jinoyatlari bilan oramizga nifoq solishga urinayotganlarga hech qachon yon bosmaymiz”, deb aytgan Jonson.

14 noyabrda Liverpulda akusher va ginekologiya klinikasi yonida taksiga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi qurilma portlagan. Buning oqibatida shubhali xatti-harakatlaridan keyin haydovchi tomonidan mashina ichida qulflab qo‘yilgan yo‘lovchi halok bo‘lgan. Politsiya ushbu hodisani terakt sifatida tergov qilmoqda.

Aksilterrorchilik bo‘linmasi ma'lumotlariga ko‘ra, portlovchi qurilmani qurbonning o‘zi yasagan. Uning shaxsi aniqlangan, biroq tergov manfaati nuqtayi nazaridan uning ismi oshkor qilinmayapti. Voqea oqibatida taksi haydovchisi ham yengil jarohat olgan.

Politsiya, shuningdek, terrorchining 20 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan 4 nafar ehtimoliy sherigini qo‘lga olgan.

Portlash Britaniyada nishonlanuvchi Xotira kunida, halok bo‘lgan britaniyalik harbiylar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash oldidan yuz bergan. Taxminlardan biriga ko‘ra, taksi yo‘lovchisi xotira tadbiri o‘tgan Liverpul markazidagi cherkov oldida mashinani portlatmoqchi bo‘lgan, biroq mashina cherkov yonigacha bora olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: