O‘zbekiston | 14:46 / 13.11.2021
3756
2 daqiqa o‘qiladi

Keyingi yildan «El-yurt umidi» stipendiatlaridan o‘zbek tili va adabiyotini bilish talab etiladi

Stipendiatlarga endi yuridik shaxslardan tashqari jismoniy shaxslar ham moliyaviy kafil bo‘lishi mumkin bo‘ladi.

12 noyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «El-yurt umidi» fondiga oid bir qator yangiliklar ma'lum qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Xususan:

  • Keyingi besh yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan xorijga o‘qishga yuboriladigan talabalar soni 700 nafarga yetkaziladi;
  • Yangi tartibga ko‘ra, endi stipendiatlikka nomzodlarni saralash jarayonida ularning o‘zbek tili va adabiyotini bilish darajasiga ham e'tibor qaratiladi;
  • Navbatdagi stipendiya tanlovi 2022 yil yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda;
  • Endi stipendiatlikka nomzodlar uchun yuridik shaxslardan tashqari, jismoniy shaxslar ham (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi yoki ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslar) moliyaviy kafil bo‘la oladi;
  • «El-yurt umidi» jamg‘armasi vasiylik kengashining 2021 yil 30 sentyabrdagi qaroriga muvofiq, 272 o‘ringa mo‘ljallangan navbatdagi 3-stipendiya tanlovida 141 nafar nomzod stipendiat deb e'tirof etilgan. Qolgan o‘rinlar bo‘sh qolgan.

Mavzuga oid