Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat budjetidan eng ko‘p ish haqi qaysi soha vakillariga ajratilayotgani ma'lum bo‘ldi
2021 yil oktabr oyi ikkinchi yarmi uchun jami 2 trillion 991,2 milliard so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berilgan. Eng ko‘p ish haqi to‘lovlari xalq ta'limi tizimi va sog‘liqni saqlash tizimida ishlovchi xodimlarga ajratilgan.

Foto: Kun.uz
Moliya vazirligi budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga ish haqi to‘lovlari haqida ma'lumot berdi.
Vazirlik axborotiga ko‘ra, 2021 yil oktabr oyi ikkinchi yarmi uchun eng ko‘p ish haqi to‘lovlari xalq ta'limi tizimi xodimlari (1 trillion 43,6 milliard so‘m) va sog‘liqni saqlash tizimida ishlovchi xodimlarga (821,9 milliard so‘m) to‘langan. Keyingi o‘rinlarda Maktabgacha ta'lim (195,6 milliard so‘m) va Oliy ta'lim vazirligi (107,7 milliard so‘m) tizimi xodimlari uchun ish haqi ajratilgan.
O‘z o‘rnida berilgan ro‘yxat bo‘yicha nisbatan kam ish haqi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (82,7 million so‘m), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (213,3 million so‘m) va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (285,3 million so‘m) xodimlariga to‘langan.
Vazirlik tomonidan berilgan ro‘yxatda ko‘rsatilmagan (nisbatan kam haq to‘lanadigan va kam shtat birligiga ega boshqalar) tashkilotlar xodimlariga 337,1 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Ro‘yxatda Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, sud tizimi va prokuratura xodimlariga to‘lanadigan mablag‘lar haqida ma'lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 10 foizga oshirilishi ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gaz ballonlarini noqonuniy saqlab, mashinalarga quyib sotayotgan xonadon aniqlandi
Jamiyat | 11:50
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:30
-
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda
O‘zbekiston | 11:22
-
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda
Jahon | 11:06
Mavzuga oid

16:01 / 25.06.2025
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ayrim vakolatlar beriladi

08:40 / 30.05.2025
Yirik soliq to‘lovchilardan davlat budjetiga tushumlar miqdori aytildi

20:08 / 22.05.2025
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi

10:18 / 15.05.2025