2022 yil uchun jalb qilinadigan tashqi va ichki qarz limiti 4,5 mlrd dollar etib belgilanmoqda

Iqtisodiyot 12:40 / 11.11.2021 9277

Hisob palatasining 2022 yil uchun davlat budjeti yuzasidan e'lon qilgan xulosasiga ko‘ra, budjet tizimining uzoq muddatli barqarorligini ta'minlash hamda davlat tashqi qarzi hajmining o‘sish sur'atlarini sekinlashtirish maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:

  • O‘zbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzi qoldig‘ining miqdori joriy yil yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi;
  • 2022 yil davomida O‘zbekiston nomidan va uning kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari, shundan davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash va loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun – 2 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun - 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida jalb qilinishi limiti o‘rnatilmoqda;
  • 2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi - 6 trln so‘m miqdorida bo‘lishi;
  • 2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining yuqori chegarasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,5 foiz miqdorida belgilanmoqda.

Avvalroq, «O‘zbekistonning tashqi qarzi» mavzusida ochiq muloqot shaklidagi matbuot anjumanida Moliya vaziri Timur Ishmetov joriy yil uchun tashqi qarz olish limiti 5 milliard dollar qilib belgilanganini aytib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: