Yaponiyada 15 oy ichida ilk bor koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi

Jahon 00:10 / 08.11.2021 3285

Aholisi 126 mln kishi bo‘lgan Yaponiyada oxirgi sutkada 162ta yangi kasallanish holati aniqlandi. E'tiborlisi, 15 oy ichida ilk bor kunchiqar mamlakatda virusdan birorta o‘lim holati qayd qilinmagan.

Oxirgi marta bunday holat 2020 yil avgustida qayd etilgan.

Ayni vaqtda mamlakatda 1,724 mlndan ko‘proq kishida koronavirus aniqlangan, o‘lim holatlari 18 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Yaponiyada pandemiya vaqtida koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha antirekord 2021 yil 14 may kuni qayd qilingandi: o‘shanda bir kun ichida 216 kishi virus qurboniga aylangan.

Ayni vaqtda mamlakatda 98 mlndan ko‘proq kishi (aholining 78 foizi) koronavirusga qarshi vaksinaning bir dozasi, 92,5 mlndan ko‘proq kishi (73 foiz aholi) ikki dozasi bilan emlangan.

Ko‘proq yangiliklar: