Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amudaryoda bir tun: Pichog‘i bor qimorbozlar, mast holda aholi tinchligini buzganlar, ko‘ngilochar maskanga kirgan voyaga yetmaganlar va mast haydovchilar

Foto: Amudaryo tumani hokimligi
O‘zbekiston IIV, Qoraqalpog‘iston IIVning ko‘rsatmalariga asosan 2 noyabr kuni Amudaryo tumanida “Xavfsiz tun” reyd tadbiri o‘tkazildi. Tegishli tashkilotlardan jami 99 nafar xodim tumanda 6 ta ma'muriy hududga bo‘lingan holda 5 ta yo‘nalishda ish olib borgan. Bu haqda Amudaryo tumani IIB HPB boshlig‘i Orifjon Qosimov xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Mang‘it shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Tadbirkorlar ko‘chasi 106-uyda bir guruh shaxslar qimor o‘yini o‘ynab o‘tirgan holat aniqlangan. Ulardan 968 ming so‘m pullar daliliy ashyo sifatida olingan. Qimor o‘yini ishtirokchisi Ch.Q.ning cho‘ntagida o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘i ham borligi ma'lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, tungi soat 23:00lardan so‘ng Mang‘it shahri hududidagi ko‘ngilochar maskanlar nazorat qilinganida 3 nafar voyaga yetmagan bolalar bilyard o‘ynayotgani aniqlangan. Shu vaqtning o‘zida maskan egasiga voyaga yetmaganlarning tungi vaqtda o‘ynashlariga yo‘l qo‘ygani uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, shahar ko‘chalarida spirtli ichimlik ichib, mast holda shovqin ko‘tarib, aholi tinchligini buzib yurgan 2 nafar fuqaro aniqlangan. Ular xodimlarning qonuniy talablarini bajarmaganlari uchun tuman IIB binosiga olib kelinib, hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Reyd tadbirida 11 nafar YPX xodimlari yo‘llarda avtotransportda harakatlanishda 98 ta qoidabuzarliklarni aniqlashgan. Shuning 3 tasi mast holda transport vositasini boshqarish, 27 tasi tegishli hujjatlarga ega bo‘lmay transport boshqarish, 68 tasi turli yo‘l harakati qoidalariga amal qilmay transport boshqarish holatlaridir.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi
O‘zbekiston | 10:19
-
Ukrainani tiklash: konferensiyada 10 mlrd yevro va’da qilindi
Jahon | 09:56
-
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:37
Mavzuga oid

17:17 / 23.02.2024
Amudaryodagi Jumurtov panton ko‘prigining bir qismiga zarar yetdi

11:51 / 24.03.2023
Amudaryoda yangi qurilayotgan temiryo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushdi

20:13 / 09.03.2022
"Ota-onamni chet elga olib boraman" - 12 yoshida elektronika jihozlarini ta’mirlaydigan usta qiz

18:01 / 30.11.2021