Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 noyabr – Butunjahon sunami haqida xabardorlik kuni
So‘nggi 100 yil ichida 58ta sunami natijasida 260 ming kishi halok bo‘lgan. Har bir hodisaga o‘rtacha 4600 kishi to‘g‘ri keladi. Bu esa boshqa tabiiy ofatlar bilan taqqoslaganda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Foto: Getty Images
2021 yilda Butunjahon sunami haqida xabardorlik kuni Senday dasturining yettita global vazifalardan biriga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlarga yetarli va uzluksiz ko‘mak ko‘rsatish orqali xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsad qilingan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030 yilga borib dunyo aholisining 50 foizi suv toshqinlari, bo‘ron va sunami sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qirg‘oq bo‘yi hududlarda yashaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga xalqaro hamkorlikni kengaytirish 2030 yilga borib xavfga uchrash ehtimoli mavjud hamjamiyatlarning sunamilarga tayyor va barqaror bo‘lishini ta'minlashda yordam beradi.
2015 yilda Bosh Assambleya 5 noyabr Butunjahon sunami haqida xabardorlik kuni deb e'lon qilingan rezolyutsiyani qabul qildi. Bosh Assambleya barcha mamlakatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shuningdek, fuqarolik jamiyatini sunami xavfi haqida xabardorlikni oshirish va halokatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha olib borilgan ilg‘or harakatlar bilan bo‘lishishga chaqirdi.
Mazkur kunni e'lon qilish tashabbusi Yaponiyaga tegishli. U tabiiy ofatlardan erta ogohlantirish, falokat zarbalaridan keyin tiklanish, shuningdek, bo‘lajak halokatlar xavfini kamaytirish sohasida ulkan tajribaga ega.
Asosiy ma'lumotlar
Tsunami – kamdan kam uchraydi, biroq falokatli tabiiy ofatlardan biri. So‘nggi 100 yil ichida 58ta sunami natijasida 260 ming kishi halok bo‘lgan. Har bir hodisaga o‘rtacha 4600 kishi to‘g‘ri keladi. Bu esa boshqa tabiiy ofatlarga qaraganda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 2004 yilning dekabr oyida Hind okeanida bo‘lgan sunami natijasida eng ko‘p odam – 14ta mamlakatda 227 ming kishi halok bo‘lgan. Indoneziya, Shri-Lanka, Hindiston va Tayland aholisi eng ko‘p jabr ko‘rgan.
Ana shu falokatdan uch hafta o‘tgach, xalqaro hamjamiyat vakillari Yaponiyaning Kobe shahrida yig‘ilib, 2005-2015 yillar uchun Xiog doiraviy harakatlar dasturini qabul qilishdi. Bu hujjat tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasida ilk global kelishuvga aylandi.
Tsunami o‘zi nima?
“Tsunami” so‘zi ikkita yaponcha so‘zlar “tsu” (bandargoh, port) va “nami” (to‘lqin) so‘zlaridan kelib chiqqan. Ko‘p hollarda sunami zilzila tufayli yuzaga keladi. Okean yaqinida yoki okeanning tubida, inson faoliyati tufayli yuzaga keladigan yirik portlashlar yoki meteoritlarning qulashi ham sunamini yuzaga keltiradigan hodisalardan hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

14:30 / 05.08.2025
Kamchatkadagi sunami atom suvosti kemalari bazasidagi pirsga zarar yetkazdi

17:11 / 30.07.2025
Sunami xavfi: Yaponiyada 2 mln kishi evakuatsiya qilinmoqda, Havayida suv sathi ko‘tarilmoqda

17:14 / 20.02.2025
“Zilziladan qo‘rqib, Anqaraga ko‘chib ketayotganlar bor” – Istanbulda kuchli yer qimirlashi va sunami kutilyapti

21:47 / 17.11.2024