Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia yo‘l chetidagi toshga urildi va yonib ketdi. Haydovchi vafot etdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida harakatlanib ketayotgan Nexia boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi toshga urilgan. Oqibatda mashina yonib ketgan, haydovchi vafot etgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 2 noyabr kuni soat 4:20 larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Kitob tumani hududidan o‘tuvchi 1143-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1990 yilda tug‘ilgan J.J. Nexia mashinasini boshqarib borayotib ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yib boshqaruvni yo‘qotgan. Mashina yo‘l chetidagi katta toshga urilib, ag‘darilib ketgan. Oqibatda mashina yonib ketgan va uning ichida qolib ketgan haydovchi kuyib voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Isuzu bilan to‘qnashgan Lacetti yonib ketgan, 4 kishi mashina ichida qolib ketib, kuyib vafot etgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu: Falastinliklarda G‘azoni tark etish imkoni bo‘lishi kerak
Jahon | 14:11
-
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 kishiga yetdi
Jahon | 14:00
-
Latviya Germaniyaning YeI va NATOdagi roli kuchayganini olqishladi
Jahon | 13:45
-
Toshkent viloyatida YTH yuz berdi, jarohat olganlar bor
Jamiyat | 13:31
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024