10 oyda o‘zbekistonliklar qancha soliq to‘lagani ma'lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 20:14 / 04.11.2021 17288

Davlat soliq qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, Davlat soliq xizmati organlari tomonidan davlat budjetiga 105,4 trln so‘m mablag‘ tushirildi.

Soliqlar tarkibi quyidagicha:

  • Foyda solig‘i - 32,9 trln so‘m;
  • Qo‘shilgan qiymat solig‘i - 20,3 trln so‘m;
  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i - 15,2 trln so‘m;
  • Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq - 13 trln so‘m;
  • Aksiz solig‘i - 10,4 trln so‘m;
  • Boshqa tushumlar va yig‘imlar - 3,7 trln so‘m;
  • Yer solig‘i - 3,3 trln so‘m;
  • Davlat boji va jarimalar - 2,5 trln so‘m;
  • Mol-mulk solig‘i - 2,1 trln so‘m;
  • Aylanmadan olinadigan soliq - 1,5 trln so‘m;
  • Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 0,5 trln so‘m.

Avvalroq, joriy yilning sentyabr oyida soliq tushumlari 30 foizga oshgani va buning asosiy sabablari borasida ma'lumot berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 1 yanvardan ayrim tadbirkorlarga soliqlarni to‘lashni kechiktirish huquqi beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: