Avtomobillar soni ko‘payishi bilan bolalarning yo‘llardagi xavfsizligini ta'minlash kundan kunga dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Oliy Majlis Senati ma'lumotiga ko‘ra, 2021 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalarida 500 dan ortiq bola jabrlangan. Enter Engineering kompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi o‘rtasida imzolangan Memorandum doirasida 28 oktabr kuni Toshkent shahrining 273- va 288-maktablarida o‘quvchilarni yorug‘lik qaytaruvchi nimchalar bilan ta'minlash bo‘yicha maxsus aksiya o‘tkazildi. Ushbu nimchalar haydovchilarga bolalarni qorong‘i paytda ham payqash imkonini beradi.
Aksiya doirasida Enter Engineering kompaniyasining PR-departamenti xodimlari ikkinchi smenada o‘qiydigan 3-7 sinf o‘quvchilariga yorug‘lik aks ettiruvchi elementlari bo‘lgan 400 dan ortiq nimachalar tarqatishdi. Tadbirda ishtirok etgan YHXB vakillari bolakaylarga nimchalardan foydalanish qanday ahamiyatli ekanini tushuntirib berishdi.

Yorug‘lik qaytaruvchi nimchalar nurning eng kam tarqaluvchi nuqtasida shu'lalarni aks ettiruvchi kulrang tasma bilan jihozlangan bo‘lib, yo‘llarda bolalarning xavfsizligini ta'minlashda eng samarali vosita hisoblanadi.
Nimchalar haydovchilarga maktab o‘quvchilarini qorong‘ida payqash va baxsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu maxsus nimchalardan foydalanish piyodalar ishtirokida baxsiz hodisalar kelib chiqishi xavfini 3-4 barobar kamaytiradi.
Enter Engineering kompaniyasi PR-departamentiⓉ