Toyota o‘zining ilk elektromobilini namoyish etdi
Toyota bZ4X Yevropa bozoriga 2022 yilda chiqariladi.

Foto: Toyota
Yaponiyaning Toyota kompaniyasi ommaviy tarzda ishlab chiqariladigan bZ4X elektromobilini namoyish etdi.
Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, elektromobil TNGA-e modulli platformasi asosida tayyorlangan.
Toyota bZ4X ikkita versiyada ishlab chiqariladi. Bazaviy versiyasi quvvati 204 ot kuchiga teng elektr dvigatelga ega bo‘ladi. Top versiyasiga esa har birining quvvati 109 ot kuchiga teng ikkita elektr motor o‘rnatiladi.
Akkumulyatorlar sig‘imi 71,4 kVt/s bo‘lib, bir marta quvvatlanish orqali 460-500 kilometrgacha yo‘l yurish imkonini beradi.
Toyota bZ4X Yevropa bozoriga 2022 yilda chiqariladi.
Mavzuga oid

17:20 / 05.03.2025
Rossiyaning «Atom» elektromobili O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin

11:26 / 13.01.2025
Toyota qurayotgan aqlli shahar kuzda aholini qabul qilishni boshlaydi

15:45 / 02.12.2024
Elektromobillar qancha vaqtda o‘z qiymatini yo‘qotadi?

22:21 / 11.11.2024