Yaponiyada 680 ming dollarlik uchar mototsikl taqdim etildi

Fan-texnika 22:12 / 27.10.2021 16158

Yaponiyada dronlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ALI Technologies startapi uchar mototsikl XTurismo Limited Edition’ni taqdim etdi va uning sotuvga chiqarilishini e'lon qildi. Qurilma narxi 77,7 mln iyenani (680 ming dollar) tashkil qiladi.

The Japan Times nashrining xabar berishicha, uchar mototsikl bitta oddiy va 4 ta elektr dvigatel hamda 6 ta parrak bilan jihozlangan. Uning og‘irligi 300 kgni tashkil qiladi. Hoverbayk 40 daqiqagacha 100 km/soat tezlik bilan parvoz qila oladi. 

Qurilma Fudzi tog‘i yaqinidagi poyga trassasida namoyish qilingan. Unda yerdan bir necha metr balandlikda qisqa parvoz amalga oshirilgan.

Yaponiya qonunchiligi bunday mashinalarni umumiy foydalanish yo‘llarida qo‘llashni taqiqlaydi. Shu sababli qurilma mualliflari u superkarlar ixlosmandlari va poyga trassalarida yurish imkoniga ega bo‘lganlarda qiziqish uyg‘otishiga umid qilishmoqda. Bundan tashqari, hoverbaykdan qutqaruvchilar yetib borish qiyin bo‘lgan joylarda foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: