Xitoylik bloger 12 soatlik jonli efir chog‘ida 340 mln dollar ishlab topdi
Xitoylik “Labbo‘yog‘i qiroli” nomida jonli efir qiluvchi bloger reklama aksiyasi doirasida 1,7 mlrd dollarlik mahsulot sotishga muvaffaq bo‘lgan. U chegirmali savdolarga bag‘ishlangan reklama aksiyasi munosabati bilan 12 soatlik jonli efiri chog‘ida shunday natijaga erishgan.

Foto: VCG/Getty Images
3 haftadan so‘ng Xitoyda 11 noyabrdagi Bo‘ydoqlar kuniga bag‘ishlangan chegirmali savdolar mavsumi boshlanadi. Ostin Li Tszyatsi Alibaba va Taobao ilovasida boshlanadigan savdolarga bag‘ishlangan mavsumoldi jonli efiri chog‘ida 10,7 mlrd yuanlik mahsulot sotishga muvaffaq bo‘lgan. Bu 1,7 mlrd AQSh dollarini anglatadi.
Alibaba saydo maydoni odatda savdolarga doir natijalarni e'lon qilmaydi, biroq China Economic Daily nashri Hongren Dianji tahliliy markazi ma'lumotlarni joylashtirgan.
Ostin Li Tszyatsi so‘zlariga ko‘ra, uning jonli efirini 250 milliondan ortiq tomoshabin ko‘rgan. Bu esa Taobao ilovasi ishlashida muammolarga sabab bo‘lgan.
Bloomberg agentligi qayd etishicha, sotilayotgan mahsulotlar orasida kosmetikadan tortib, Apple simsiz quloqchinlarigacha bo‘lgan. Strimerning ulushi sotilgan mahsulotlar umumiy qiymatining 20 foizini tashkil etadi. Bu 340 mln AQSh dollaridir.
Mavzuga oid

13:49 / 30.01.2025
Alibaba DeepSeek’dan ustun sun’iy intellekt ishlab chiqqanini ma’lum qildi

22:30 / 02.01.2025
“Chumoli”: noldan ko‘tarilgan yigitlar hikoyasi

19:29 / 02.01.2025
Toshkentda bloger «kontent uchun» hojatxona qog‘ozlari bilan ekologiyaga zarar yetkazdi

17:40 / 22.11.2024