Tadbirkorlar uchun eksport jarayoni soddalashtirilmoqda: nimalar o‘zgaradi?

Iqtisodiyot 18:23 / 22.10.2021 13218

Oliy Majlis senatining 20-yalpi majlisida Bojxona kodeksi moddalariga kiritilayotgan o‘zgarishlar muhokama qilindi. Qonun bilan amaldagi Bojxona kodeksining 81 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Nimalar o‘zgaradi:

  • bojxona hujjatlarining rasmiylashtirish muddati uch kundan bir kungacha qisqarmoqda;
  • tovar va transport vositalarini bojxona rejimiga joylashtirish bekor qilinyapti;
  • qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan tovarlarni bojxonadan chiqarish vakolatli shaxslar tomonidan amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi (avval bojxona o‘zi istagan narxni qo‘yib, tadbirkorlar manfaati inobatga olinmas edi);
  • bojxona tizimiga vakolatli iqtisodiy operator instituti joriy etilmoqda. Bu bojxonadagi hisob-kitoblarda inson omilining aralashuvini cheklaydi;
  • endilikda nafaqat aeroportlar, balki mamlakatimizning tarixiy shaharlari: Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qo‘qonda bojsiz savdo qiluvchi Duty free do‘konlari tashkil etiladi;
  • bojxona tizimiga soliq solishdan ozod etiladigan tovarlar ro‘yxati kiritilmoqda. Bu tadbirkorlar uchun erkin tovar aylanishini kafolatlashi mumkin;
  • shuningdek, tizimda appelyatsiya kengashi tashkil etilyapti. U shu kunga qadar tadbirkor bilan bojxona o‘rtasidagi mavjud nizolarni sudgacha hal qiladi hamda ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olinadi.

Ta'kidlanishicha, shu kabi 80 ga yaqin o‘zgarishlar ushbu qonunda o‘z aksini topgan.

Avvalroq Senat yalpi majlisda «Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunni ko‘rib chiqish jarayonida senatorlar va adliya vaziri Ruslanbek Davletov o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: