Ryazan oblastidagi porox zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida o‘ndan ortiq inson qurbon bo‘ldi

Jahon 14:37 / 22.10.2021 5452

Ryazan oblastining Shilovskiy rayonidagi Lesnoy posyolkasida joylashgan «Elastik» zavodi hududidagi porox ishlab chiqaruvchi «Razryad» korxonasida portlash yuz berdi.

Turli ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 12 nafardan 16 nafargacha inson halok bo‘lgan. FVV yetti kishi halok bo‘lganini rasman tasdiqladi. Bir kishi shifoxonaga yotqizilgan. Portlash yuz bergan vaqtda sexda 17 kishi bo‘lgani aytilmoqda.

Rostexnadzor mutaxassislari oxirgi tekshiruv davomida korxonada qoida buzilishlarini, jumladan, portlovchi moddalarni saqlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmaganini aniqlagan.

Ma'lumot berilishicha, korxona 2015 yilda arbitraj sudi tomonidan bankrot deb topilgan va unga nisbatan tanlov e'lon qilingan. Shu bois 2017 yilda bu yerda ishlab chiqarish faoliyati to‘xtatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: