Raqamlashgan dunyo: Apple bir daqiqada qancha daromad ko‘radi?
Statistik raqamlarga ko‘ra, har 1 daqiqada Google'da 5,7 mln qidiruv amalga oshiriladi, TikTok foydalanuvchilari 167 mln video ko‘radi, Amazon esa qariyb 837 ming dollar daromad qiladi.

Foto: Reuters
Borgan sari globallashayotgan dunyoda insonlar bir-birlari bilan ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalar yordamida aloqa o‘rnatishmoqda va ularning ahamiyati ham ortib bormoqda. 2020 yilgi pandemiya insonlarning bir-birlari bilan o‘zaro aloqalaridan tortib raqamli dunyo bilan bo‘lgan munosabatlariga qadar ko‘p narsalarni o‘zgartirdi. Amerikaning Domo kompaniyasi esa insoniyat har daqiqada internetdagi platformalardan qancha miqdorda foydalanishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, har 1 daqiqada Google’da 5,7 mln qidiruv amalga oshiriladi, TikTok foydalanuvchilari 167 mln video ko‘radi, Twitter’da 575 ming tvit yoziladi, Instagram’da 65 ming, Facebook’da esa 240 ming surat ulashiladi, Amazon mijozlari 283 ming dollarlik narsa xarid qiladilar.
Dunyoning eng yirik texnologik gigantlari har daqiqada qancha daromad ko‘rishadi?
SNBC yettita eng yirik texnologik brendlardan (Amazon, Apple, Alphabet, Microsoft, Facebook, Tesla va Netflix) olingan rasmiy ma'lumotlari asosida, ular 2021 yilning birinchi choragida daqiqasiga qancha daromad olganliklari haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi. Unga ko‘ra:
- Amazon: daqiqasiga 837,3 ming dollar
- Apple: daqiqasiga 691,2 ming dollar
- Alphabet(Google): daqiqasiga 426, 8 ming dollar
- Microsoft: daqiqasiga 321,8 ming dollar
- Facebook: daqiqasiga 201,9 ming dollar
- Tesla: daqiqasiga 80,1 ming dollar
- Netflix: daqiqasiga 55,2 ming dollar.
O‘z navbatida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari soni ham yildan yilga keskin oshmoqda. 2010 yilda platformalaridan 970 million inson foydalangan bo‘lsa, 2021 yil iyul oyida foydalanuvchilar soni 4,48 milliardga yetgan.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha qiziqarli statistika:
- Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab 4,48 milliard odam ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda, bu ko‘rsatkich 2015 yildagi 2,07 milliard foydalanuvchidan ikki baravar ko‘p;
- Bitta foydalanuvchi o‘rtacha 6,6ta ijtimoiy tarmoq platformasi ishlatadi;
- Ijtimoiy tarmoqlarning 2015 yildan keyingi o‘sish sur'ati yiliga o‘rtacha 12,5 foizni tashkil qilgan, biroq 2019-2020 yilgi ma'lumotlarga ko‘ra, o‘sish sekinlashgan va 9,2 foizga tushgan;
- Mintaqalar bo‘yicha, 2019-2020 yillarda ijtimoiy tarmoqlar o‘sishi Osiyoda 16,98 foiz, Afrikada 13,92 foiz, Janubiy Amerikada 8 foiz, Shimoliy Amerikada 6,96 foiz, Yevropada 4,32 foiz va Avstraliyada 4,9 foizni tashkil qilgan;
- Facebook oyiga 2,9 milliard faol foydalanuvchiga ega eng katta va yetakchi ijtimoiy tarmoq bo‘lib, undan keyingi o‘rinlarni YouTube (2,3 milliard), WhatsApp (2 milliard), FB Messenger(1,3 milliard) va WeChat (1,2 milliard) egallaydi;
- Dunyo miqyosida, bitta insonning ijtimoiy tarmoqlarda kuniga o‘tkazadigan o‘rtacha vaqti 2 soat-u 24 minutni tashkil qiladi. 16 yoshida ijtimoiy tarmoq platformalarida ro‘yxatdan foydalanuvchi 70 yoshgacha umr ko‘rsa, hayotining 5,7 yilini ijtimoiy tarmoqlarga sarflagan bo‘ladi;
- Dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining 45,6 foizini ayollar va 54,4 foizini erkaklar tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

21:12 / 02.07.2025
Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirishda kutilmagan muammoga duch keldi

18:42 / 28.06.2025
Apple olti yil ichida ilk marta asosiy iPhone displeyini kengaytiradi

16:50 / 26.06.2025
Internetda iPhone 17 Pro suratlari paydo bo‘ldi

00:33 / 20.06.2025