Qashqadaryoda mahalladagi quvurlarni o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston 11:51 / 22.10.2021 588

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida joylashgan mahallalardan birida quvur o‘zlashtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati xabar bo‘yicha munosabat bildirdi.

Xabarda Dehqonobod tumani «Zavqiy» MFY Xumdon qishlog‘ida yashovchi bir guruh fuqarolar mahallada tomorqa quvurlari o‘zlashtirib yuborilgani, bu ishni sodir etgan shaxs esa ko‘chada yurgani haqida xabar qoldirishgan.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2021 yilning 20 avgust kuni mazkur ish yuzasidan Dehqonobod tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro G‘.E.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: