Nukusda taksichi velosiped haydovchisini bir zarbada qulatgan holat yuzidan rasmiy ma'lumot berildi

O‘zbekiston 14:03 / 22.10.2021 2299

Bir necha kun oldin #Kunmobilmuxbiri Nukus shahrida taksichi va velosiped haydovchisi o‘rtasida janjal kelib chiqqani haqida xabar bergandi. Mobil muxbirning tasvirga olgan videosida taksichi velosiped haydovchisini bir zarbada qulatgani aks etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV yuqoridagi holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, mazkur videotasvirda aks etgan holat joriy yil 17 oktyabr soat 15:00lar atrofida Nukusning B. Abdambetov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Velosiped va Matiz haydovchilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sabab janjal kelib chiqqan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Jabrlangan fuqaro holati noma'lumligicha qolmoqda.

Bundan oldin Mo‘ynoqdagi "Aral" o‘yingohida muxlislar va futbolchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: