Foto: Toshkentda “Do‘stlik” bog‘i rekonstruksiyadan keyin qayta ochildi

O‘zbekiston 20:00 / 22.10.2021 13525

Bog‘ning ochilish marosimi 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Marosimda poytaxt hokimining o‘rinbosarlari Faxriddin Davrukov va Furqat Mahmudxo‘jayev hamda Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfuddinov ishtirok etib, bu yer aholi istaganidek qulay va sokin bog‘ bo‘lib qolishini va'da qilishdi.

“Ayni paytda bog‘dagi ta'mirlash ishlari to‘la yakuniga yetmagan bo‘lsa-da, shahrimiz aholisining xohish-istagiga muvofiq, “Do‘stlik” bog‘i belgilangan muddatdan ertaroq o‘z faoliyatini boshladi”, deyiladi shahar hokimligi axborotida.

Poytaxtning Bobur ko‘chasida joylashgan va shu nom bilan atab kelingan bog‘ 2017 yilda prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan “Do‘stlik” nomini olgan edi. Shu yili Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etilib, u bog‘ yaqinidagi binoga joylashtirilgan, bog‘ mazkur qo‘mita tasarrufiga o‘tkazilishi belgilangan edi.

Keyinchalik Toshkentdagi qator bog‘lar singari “Do‘stlik” bog‘i ham investorga topshirildi, foydalanuvchilar uchun yopilib, qarovsiz holatda qoldirildi. 2021 yilga kelib, fuqarolar noroziligidan so‘ng Toshkent shahar hokimligi “Do‘stlik” bog‘ida ta'mirlash ishlari boshladi.

Ko‘proq yangiliklar: