Xitoydagi restoranlardan birida kuchli portlash yuz berdi (video)

Jahon 21:56 / 21.10.2021 7561

Xitoy shimolida joylashgan Shenyan shahridagi restoranlardan birida kuchli portlash yuz berdi. Uning oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 30 kishi jarohat olgan.

CGTN telekanalining xabar berishicha, portlash 3 qavatli restoranni vayron qilgan. Undan bo‘laklar bir necha yuz metrgacha otilgan va yaqin atrofdagi avtomobillarga zarar yetkazgan.

Portlash avtomobillardan birining videoregistratorida qayd qilingan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, unga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: