Veterinariya va chorvachilik sohasida xalqaro hamkorlik - tarmoqlar rivojlanishida muhim qadam

O‘zbekiston 12:00 / 21.10.2021 4543

Mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohasining Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidan ajratilib, alohida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sifatida tashkil etilishi, shubhasiz, mazkur tarmoqlarni jadal rivojlantirish, seleksiya-naslchilik ishlariga xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb etish, veterinariya sanoatida jozibali investitsiyaviy muhit yaratilishiga zamin bo‘ldi.

Ayni paytda chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Birinchidan, yurtboshimizning 2017 yil 19 sentyabrdagi qaroriga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasi doirasida 150 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratildi.

Shundan 142,3 mln AQSh dollari tadbirkorlik sub'yektlariga tijorat banklari, jumladan “Xalq banki” (61,6 mln dollar, 43%), “O‘zsanoatqurilishbank” (16 mln dollar, 11%), “Turon bank” (11,5 mln dollar, 8%), “Ipotekabank” (11,3 mln dollar, 8%), “Aziya Alyans bank” (8,5 mln dollar, 6%), “Aloqabank” (10 mln dollar, 7%), “Davrbank” (3,4 mln dollar, 2%), “Qishloqqurilishbank” (10 mln dollar, 7%) va “Asakabank” (10 mln dollar, 7%) tomonidan kredit sifatida berildi.

Natijada fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan amalga oshirilgan 504 ta loyiha moliyalashtirildi. Jumladan, 29 ming bosh yirik shoxli va 16,5 ming bosh mayda shoxli mol, 710 bosh ot va tuya, 2,5 mln bosh parranda boqish quvvatiga ega chorvachilik komplekslari ishga tushirildi. Shuningdek, baliq yetishtirish va sutni qayta ishlash texnologiyalari xarid qilinib, 6 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Foto: Veterinariya qo‘mitasi

Loyiha doirasida veterinariya xizmatini rivojlantirish uchun ajratilgan 2,0 mln. AQSh dollari kredit mablag‘lari va Yevropa Ittifoqining grant mablag‘lari hisobidan Xalqaro epizootik byuroning konsultantlari bilan hamkorlikda veterinariya xizmatini xalqaro standartlarga moslashtirish uchun zarur asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar va xizmat turlari va ularni xarid qilish uchun talab etiladigan investitsiyalar, Xalqaro moliya tashkilotlarining kredit va grant mablag‘lari miqdori va qiymati bo‘yicha hisoboti tayyorlandi.

O‘zbekiston Respublikasi veterinariya xizmatining 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqildi. 

Vazirlar Mahkamasining “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida hayvonlarni identifikatsiya qilish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqildi.

Xalqaro epizootik byuroning ekspertlarini jalb qilgan holda veterinariya xizmati laboratoriyalari o‘rganildi va kerakli tavsiyalar tayyorlandi.

Foto: Veterinariya qo‘mitasi

Veterinariya muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 14 ta dezinfeksiya qiluvchi transport vositalari, 14 ta avtorefrijyerator, 1 dona maxsus avtotransport vositasi, 2 dona ultrabinafsha nur bilan havoni zararsizlantiruvchi filtr xarid qilindi.

Bundan tashqari, video-konferens-aloqa uskunalari, 1000 dona avtomat shprits va 24 ta chegara veterinariya punktlari uchun laborator ekspress-analizatorlar yetkazib berildi.

Ikkinchidan, davlatimiz rahbarining 2019 yil 27 noyabrdagi qaroriga muvofiq Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Chorvachilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasiga 150 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi.

Ushbu loyiha hisobidan chorvachilik tarmoqlarini moliyalashtirish uchun 146 mln dollar (97,3%) va sohani qo‘llab-quvvatlash xizmatlari va loyihani boshqarish ishlariga 4 mln dollar (2,7%) yo‘naltirildi.

Bugungi kungacha loyiha hisobidan 108,04 mln AQSh dollari o‘zlashtirilib, 463 ta loyihalar amalga oshirildi. Natijada, 30 486 bosh qoramol, 52 949 bosh mayda shoxli qoramol, 16 176 bosh quyon, 2390 ming bosh parranda, 273 bosh ot, 134 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi, yiliga 30 tonna asal ishlab chiqarish, 10 466 tonna sutni qayta ishlash, 7 609 tonna baliq yetishtirish, 2002 tonna go‘shtni qayta ishlash, 219 750 tonna yem ishlab chiqarish, 400 tonna junni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan uskunalar xarid qilindi va 12 ta yangi ferma qurildi.

Uchinchidan, yurtboshimizning 2017 yil 22 fevraldagi qaroriga muvofiq Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti xalqaro jamg‘armasi tomonidan “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasiga 23,9 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi.

Ushbu mablag‘lar hisobidan “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” va “Qishloq qurilish banki” tomonidan Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridagi loyihalar moliyalashtirildi. Bugungi kungacha ushbu loyiha doirasida 16,3 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirildi. Natijada 413 ta loyiha doirasida xorijiy davlatlardan 4,290 ming bosh naslli yirik shoxli qoramol, 17 ta loyiha doirasida eng so‘nggi ilg‘or texnologiyalar asosida kuniga 6 tonna sutni qayta ishlash uskunalari va soatiga 1 tonna yem ishlab chiqarish uskunalari, va 92 dona qishloq xo‘jaligi texnikalari xarid qilindi, 1301 nafardan ziyod doimiy ishchi o‘rinlari yaratildi.

To‘rtinchidan, Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti xalqaro jamg‘armasi bilan hamkorlik dasturi doirasida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash” loyihasi hisobidan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun 2,25 mln AQSh dollari ajratildi. 

Foto: Veterinariya qo‘mitasi

Loyiha doirasida veterinar va zootexniklarni o‘qitish, zamonaviy veterinariya klinikalarini qurish hamda jihozlash, avtotransport bilan ta'minlash va 1 ta rayon misolida chorva mollarini identifikatsiya qilish tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani “Xidirsha” MFY hududi va Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar “Navro‘z” MFY hududida bittadan veterinariya klinikalari qurib bitkazildi. Hozirda mazkur veterinariya klinikalarini jihozlash, zamonaviy laboratoriya uskunalarini xarid qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati.

Reklama xuquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: