Toshkentda bir guruh shaxslar bankomatdan qariyb 400 mln so‘m o‘g‘irladi

O‘zbekiston 07:58 / 21.10.2021 10053

Qayd etilishicha, Olmazor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 9 oktyabrdan 10 oktyabrga o‘tar tunda noma'lum shaxslar banklardan birining bankomatini ochib, undan ichida 396 300 000 so‘m bo‘lgan 3 ta qutini olib ketgan. 

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar – 25 yoshli A.A., 28 yoshli M.A., 26 yoshli U.A. va 25 yoshli M.M. qo‘lga olindi. 

Ma'lum qilinishicha, hozirgi vaqtda tergov davom etmoqda.

Avvalroq, Samarqandda bankomatdagi pullarni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga tushgandi. Shuningdek, «Mirobod dehqon bozori»da bankomatni ochishga uringan shaxs ushlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: