Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tadbirkor ko‘rgan zarar masalasi suddan keyin hal etiladi” - Trastbank

Foto: Trastbank
Trastbank xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvi bankning Termiz filiali xodimlari tadbirkorning hisobraqamidagi 2,3 mlrd so‘mdan ortiq pullarni o‘zboshimchalik bilan, bank tartib-qoidalariga zid ravishda “aylantirishgani” haqidagi maqolaga munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, holat qo‘shimcha ravishda Bosh bank xodimlari ishtirokida tuzilgan ishchi guruh tomonidan to‘liq o‘rganib chiqilgan va 2021 yil 5 mayda 969,5 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari “Great Abeka” MChJ hisobvarag‘iga tiklab berilgan.
Xizmat tekshiruvi natijalari va holat yuzasidan to‘plangan barcha materiallar vaziyatga qonuniy baho berish maqsadida bankning o‘z tashabbusi bilan Surxondaryo viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
“O‘z mehnat vazifalarini qo‘pol ravishda buzgani, bank mijoziga nisbatan moddiy zarar yetkazgani sababli Termiz filiali sobiq bosh buxgalteri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bugungi kunda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, bank operatsiyalarini o‘tkazish va nazorat qilish bilan bog‘liq jami besh nafar mas'ul xodim, jumladan mansabdor shaxs, filial boshqaruvchisi bilan ham mehnat shartnomalari belgilangan tartibda bekor qilingan.
Bundan tashqari, mijoz “Great Abeka” MChJ rahbariyati bilan yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan bank boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari ishtirokida bir necha bor muloqot olib borilgan”, – deyiladi munosabatda.
Aytilishicha, “Great Abeka” MChJga qarashli mablag‘lar amaldagi bank qonunchiligiga rioya etilgan holda tiklab berilgan va qo‘shimcha pul mablag‘larini undirish masalasi olib borilayotgan tergov-surishtiruv ishlari jarayonida aniqlashtiriladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

10:00 / 31.07.2024
Trastbankdan aksiya: qancha ko‘p ish o‘rni yaratsangiz, shuncha ko‘p imtiyozga ega bo‘lasiz!

19:00 / 26.06.2024
“Trastbank”: Chevrolet Tracker avtomobili va boshqa qimmatbaho sovrinlar egalari aniqlandi!

17:07 / 02.11.2023
Chevrolet Tracker avtomobiliga ega bo‘lishni istaysizmi?

15:52 / 26.07.2023