Samarqand viloyati aholisining mehnatga layoqatli qatlami 2 million nafardan oshgani ma'lum qilindi

O‘zbekiston 14:19 / 21.10.2021 1781

Samarqand viloyati aholisining mehnatga layoqatli qatlami 2 million nafardan oshgan. Bu haqda viloyat bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyati statistika boshqarmasining ma'lumotlariga ko‘ra, viloyat aholisining mehnatga layoqatli qatlami aholi umumiy sonining 56,5 foizini, ya'ni 2 million 266 ming 744 kishidan ko‘proqni tashkil etmoqda.

Samarqand doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha:

  • mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar — 32,8 foiz (1 mln kishidan ko‘p);
  • mehnatga layoqatli yoshdagilar — 56,5 foiz (2 mln kishidan ortiq);
  • mehnatga layoqatli yoshdan kattalar — 10,7 foiz (qariyb 400 kishidan ortiq).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi hududlar orasida aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati birinchi o‘rinni egallaydi. 2021 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, viloyatda doimiy aholi soni 4 008 843 nafarni tashkil etmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: