Rossiyada Samsung smartfonlarining 60dan ortiq modeli sotuvi taqiqlandi

Jahon 18:06 / 21.10.2021 7888

Moskva arbitraj sudi Shveytsariyaning Sqwin SA kompaniyasi da'vosi bo‘yicha Rossiya hududida Samsung smartfonlarining 60dan ortiq modeli sotuvini taqiqladi.  

Sud qaroriga ko‘ra, Samsung Electronics Co Ltd. kompaniyasi va «Samsung Elektroniks Rus Kompani» distribyutoriga Samsung Galaxy Z Flip, Samsung Galaxy Fold, Samsung Galaxy S21 va Samsung Pay to‘lov servisi o‘rnatilgan boshqa modellarni olib kirish va sotish taqiqlandi.

Sqwin SA kompaniyasining ta'kidlashicha, Koreya kompaniyasining to‘lov servisi Shveytsariya kompaniyasining elektron to‘lov tizimiga olgan patentini buzadi. Iyulda sud Sqwin SA talabi bilan Rossiyada Samsung Pay tizimidan foydalanishni taqiqlagandi.

Sudga sabab bo‘lgan 2686003-raqamli patentda «xaridorning mobil qurilmasi va sotuvchining kassa tizimi bilan simsiz bog‘langan holda onlayn to‘lovni amalga oshirish usuli» ko‘rsatilgan. Uning muallifi Viktor Gulchenko bo‘lib, Rossiyada patentga ariza 2013 yilda berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: