Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 9 yil oldin sodir etilgan qotillik fosh qilindi
Qashqadaryo viloyatida uch nafar jinoyatchi marhumni o‘ldirib, uning jasadini Chiroqchi tumanidagi maydonga ko‘mib qo‘ygan. Jinoyat izini yashirish maqsadida qotillar marhumning mashinasini Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uy oldiga tashlab ketgan.

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuratura Qashqadaryo viloyatida 9 yil muqaddam sodir etilgan qotillik fosh qilingani haqida xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, 2012 yil 24 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati, Koson tumani Qorabo‘yin mahallasida yashovchi T.G‘. o‘ziga tegishli Nexia 2 mashinasida uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Oradan biroz o‘tib T.G‘. boshqaruvida bo‘lgan Nexia 2 mashinasi Samarqand shahar Madaniyat mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning orqa tomonidan topilgan. Holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bedarak yo‘qolgan G‘.T.ga tegishli Nexia 2 mashinasini ko‘zdan kechirish davomida, uning turli joylaridan jami 14 dona barmoq va kaft izlari olingan.
Qayd etilishicha, mazkur jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda amalga oshirilgan keng qamrovli tadbirlar natijasida yaqinda jinoyat fosh etilgan.
«Tergovda aniqlanishicha, M.O., T.A. va D.S. tomonidan bedarak yo‘qolgan G‘.T. qasddan o‘ldirilib, uning jasadi Chiroqchi tumani, Sho‘rbozor mahallasi hududida joylashgan zaxiradagi dala maydonida ko‘mib yuborilgan. Nexia 2 mashinasi esa Samarqand shahar Madaniyat mahallasidagi ko‘p qavatli uyning orqa tomoniga tashlab ketilgan.
Ushbu uch shaxs sodir etgan jinoyati ularning iqrorlik ko‘rsatuvlari, jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan barmoq izlari, ko‘rsatmalarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va yuzlashtirish tergov harakatlari hamda boshqa dalillar majmui bilan to‘liq o‘z isbotini topgan», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Ushbu jinoyat ishi yuzasidan 3 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan ayb e'lon qilinib, barchasiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldinroq, 2020 yilda Buxoroda 32 yil avval, 1988 yilda sodir etilgan va ochilmasdan qolib ketgan qotillik jinoyati fosh qilingandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi
Jahon | 08:17
-
Buxoro viloyatida sayyohlik halqasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 07:54
-
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi
Jahon | 07:41
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

19:16 / 20.06.2025