“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi Qashqadaryodagi mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi bilan tanishdi

O‘zbekiston 17:40 / 21.10.2021 4539

“Qarshi termoplast” 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, yiliga 5 ming tonna polietilen mahsulotini qayta ishlab, qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan sug‘orish qurilmalari va ular uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonadir.

“Qarshi termoplast” tomonidan ishlab chiqarilayotgan 12 turdagi mahsulotlar “O‘zbekneftgaz” AJning mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan bo‘lib, 2020 yilda dastur doirasida 70 mlrd so‘mga yaqin mahsulot ishlab chiqarilgan.

Foto: O‘zbekneftgaz

Tashrif davomida boshqaruv raisi qishloq va suv xo‘jaligi sohasida suvni iqtisod qilishga mo‘ljallangan yangi turdagi tomchilab sug‘orish tizimlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq masalalarga alohida to‘xtalib, bunday mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda joriy qilish maydonini yiliga 10 ming gektardan ko‘paytirish zarurligini ta'kidladi.

Ishlab chiqarilayotgan suv quvurlari bilan bir qatorda, gaz sohasida qo‘llash mumkin bo‘ladigan polimer quvurlar va bog‘lovchi detallar ishlab chiqarishni joriy qilish bo‘yicha taklif berildi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Ta'kidlash kerakki, joriy yilning 9 oyida 60 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, yil yakuniga qadar mahsulot ishlab chiqarish hajmini 80 mlrd so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

“Qarshi termoplast” ishlab chiqarish bazasiga Xitoy Xalq Respublikasining Qingdao Xindacheng Plastic Machinery Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 470,2 ming dollarlik tomchilatib sug‘orish tizimining polimer qismlarini ishlab chiqarish liniyasi o‘rnatilgan.

Foto: O‘zbekneftgaz

Hozirgi kunda “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda “Qarshi termoplast” tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni respublikadagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga tomchilatib sug‘orish tizimini yetkazib berish va uning imkoniyatlaridan kengroq foydalanish bo‘yicha amaliy ishlar olib bormoqda.

Tashrif davomida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi loyiha doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirib, ushbu faoliyat turini yanada kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Xususan, polimer mahsulotidan turli markadagi burg‘ilash va gaz o‘tkazish quvurlari, yangi turdagi kompozit panellarni ishlab chiqarishni tashkil etish buyicha vazifalar belgilab berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati 

Ko‘proq yangiliklar: