Jizzax davlat pedagogika institutiga universitet maqomi beriladi 

O‘zbekiston 11:53 / 21.10.2021 1947

“O‘zbekiston xalq hofizi, atoqli bastakor Orifxon Hotamovning madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini e'tiborga olib, Jizzax shahrida Orifxon Hotamov nomidagi maqom san'ati va mumtoz qo‘shiqchilik bo‘yicha respublika tanlovini o‘tkazsak, o‘ylaymanki, har tomonlama o‘rinli bo‘ladi.

Xabaringiz bor, 2017 yili viloyat musiqali drama teatri butunlay qaytadan bunyod etildi. Farzandlarimiz uchun muhtasham qo‘g‘irchoq teatri barpo etdik. Biz albatta bunday ma'naviyat maskanlarini hali ko‘plab bunyod etamiz. 

Ma'lumki, yaqin vaqtgacha viloyatda bor-yo‘g‘i 2 ta oliy o‘quv yurti mavjud edi. Keyingi yillarda bu yerda yana 3 ta oliygohni tashkil qildik. Bugungi shiddatli taraqqiyot davri oldimizga qo‘yayotgan talablar hamda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, Jizzax davlat pedagogika institutiga universitet maqomini bersak, bu taklifga nima deysizlar? 

Bugun Jizzax shahridagi oliygohlarda 31 mingdan ziyod talaba ta'lim olmoqda. Aholi va talaba yoshlarning xohish-istaklarini inobatga olib, shahardagi Forum majmuasi hududida zamonaviy kutubxona barpo etishni taklif qilaman.

Shu o‘rinda, Jizzax viloyati – mohir chavandozlar yurti desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Xususan, G‘allaorol, Baxmal, Zomin, Forish, Sharof Rashidov tumanlarida chavandozlik, ko‘pkari kabi milliy sport o‘yinlari bo‘yicha o‘ziga xos an'ana va qadriyatlar shakllangan. Ana shularni inobatga olib, Jizzaxda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish markazini tashkil etsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb o‘ylayman”, dedi prezidentlikka nomzod.

Ko‘proq yangiliklar: