«Hech kim akkumulyator zavodi tarixi haqida bilmaydi». Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi zavod qurilishi tarixini esladi

O‘zbekiston 14:12 / 21.10.2021 17660

“Hech kim akkumulyator zavodi tarixi haqida bilmaydi. Andijonda avtomobil zavodi qurilayotganda Islom Abdug‘aniyevichning oldiga bordim. Kayfiyati yaxshi payt ekan. Yosh edim, ancha-muncha gaplarni bemalol gapiraverardim. 

“Islom Abdug‘aniyevich, bitta shu akkumulyator zavodini Jizzaxda quraylik, men hamma viloyatlarga borib nimalardir iltimos qilib yuraman, Jizzaxdan hech bo‘lmasa akkumulyator iltimos qilishsin”, dedim hazil aralash. Hayron bo‘ldi, avtomobil zavodi Andijonda bo‘lsa, akkumulyator zavodi Jizzaxda bo‘ladimi, deb. Lekin qarorga imzo chekib berdi.

Mana, bu zavod shuncha vaqtdan beri ishlab turibdi, shuncha odam ish bilan ta'minlandi”, dedi prezidentlikka nomzod.

Ko‘proq yangiliklar: