Gaz kelajak avlodga qoladigan boylik, har xil shartnomalar bilan sotib yuboraverish kerak emas – Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston 11:47 / 21.10.2021 36674

“Men ham tajriba orttiryapman. Kambag‘alchilikni qisqartirish vazirligini tashkil qildik, Xitoy tajribasini o‘rganyapmiz. Bir vaqtlar kambag‘al degan so‘zni ishlatmasdik. Lekin men o‘zim yashagan joyni bilmaymanmi, kambag‘allik yo‘qmi bizda? 

Paxtaning orqasidan qancha ezildik, lekin baraka topmadik. 3 kun oldin 3 mln tonnalik marrani bajargandik. Lekin bu hatto televizorda ham ko‘rsatilmadi, chunki paxta manfaat keltirsagina kerak. Kimga kerak bo‘lsa, yetishtiraveradi. 

Avvallari gaz sotardik, hozir sotib olishga tayyormiz. Chunki sanoatimizga katta miqdorda gaz kerak. Qashqadaryodagi GTL zavodimiz tayyor turibdi, lekin men ishga tushirishga shoshilmayapman. Chunki bunday zavod dunyoda beshta. Gazdan benzin olinadi, qo‘shimcha qiymat yaratiladi. Gaz kelajak avlodga qoladigan boylik, har xil shartnomalar bilan sotib yuboraverish kerak emas”, deya prezidentlikka nomzodning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: