Erdo‘g‘an mamlakat sudi ishlariga aralashuvchi elchilarni tanqid qildi

Jahon 19:43 / 21.10.2021 4759

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara mamlakat sud tizimini tanqid qiluvchi elchilarni qabul qilmasligi kerakligini aytdi, deb xabar berdi NTV telekanali.

"Men ichki ishlar vaziriga (Mavlud Chovusho‘g‘li) mamlakatimizda bunday elchilarni qabul qilish odati yo‘qligini aytdim. Ular nega bunday bayonot beradi? Turkiyaga aql o‘rgatish ularning ishimi? Ular kim o‘zi?", — dedi Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya sudlari "mustaqillikning eng yaxshi namunasi" hisoblanadi.

Avvalroq Germaniya, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Kanada, Norvegiya, Yangi Zelandiya va AQSh elchilari tadbirkor Usmon Kavalani ozod qilish to‘g‘risidagi bayonotlaridan so‘ng Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgandi.

Turkiyalik tadbirkor, huquq himoyachisi va metsenat Usmon Kavala 2017 yilda hibsga olingan. U 2013 yilda Gezi parkidagi daraxtlarni kesishda ayblangan. U bu ish bo‘yicha oqlangan, ammo keyinroq 2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etganlikda ayblangan.

Ko‘proq yangiliklar: