Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
COVID-19dan keyingi salbiy asoratlardan qutulmoqchimisiz - «Azim Zomin shifo» sizga yordam beradi
Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan «Azim Zomin shifo» dam olish va davolanish maskani kuz-qish mavsumida immunitetni ko‘tarish va mustahkamlashning eng to‘g‘ri va samarali usullarini taklif qilmoqda.

Foto: Azim Zomin shifo
Muassasada asosan tabiiy omillar, xususan, go‘zal tabiat, tog‘ning toza havosi, yumshoq kontinental iqlim, issiq va barcha sharoitlarga ega shinam xonalar mavjud. Shuningdek, jonkuyar va yuqori malakali shifokorlar hamda g‘amxo‘r xodimlar xizmatidan bahramand bo‘lasiz.


«Azim Zomin shifo» dam olish va davolanish maskanidagi fiziomuolajalar (lazer magniterapiya, UZT, UVCh, darsonval, limfodrenaj, elektrofarez, tszinda, vibromassaj), balneologik muolajalar (kedr bochka, mineral va giyohli vannalar, ozokerit-parafin applikatsiyalari), massaj, ignali refleksoterapiya, ingalyatsiya, galoterapiya (tuzli g‘or), fitobardagi giyohli damlamalar, kislorodli ko‘pik, kompyuterli traksiya muolajalari, salomatlik yo‘laklari – terrenkur yo‘laklari bo‘ylab yurish sizning sog‘lig‘ingizni tezda tiklashda yordam beradi.


Shu bilan bir qatorda, mohir oshpazlar tomonidan tayyorlangan vitaminlarga boy va mazali taomlar sizlarga quvvat baxsh etadi.

Darvoqe, ko‘pchilik insonlar yurtimizda ham COVID-19 infeksiyasini yuqtirib oldi va turli muolajalar yordamida davolandi. Afsuski, ushbu kasallik ayrim insonlarda davolanishdan keyin ham turli asoratlar qoldirayotgani aniqlanmoqda.


Bu asosan qanday belgilar bilan namoyon bo‘lmoqda?
- O‘pka to‘qimasining shikastlanishi oqibatida fibroz jarayoni sababli entikish, havo yetishmasligi, davomli yo‘tal;
- Charchash, darmonsizlik, ko‘p terlash, soch to‘kilishi;
- Xotira susayishi, asabiylik, tushkunlik, ko‘rish qobiliyatining pasayishi;
- Oshqozon-ichak faoliyatining funksional buzilishi, toksik-reaktiv gepatit;
- Metabolik o‘zgarishlar, garmonoterapiyadan keyingi semirish, yangi aniqlangan qandli diabet, kalsiy almashinuvi buzilishi oqibatida yuzaga kelgan osteoporoz;
- Polineyropatiyalar.



Ma'lumot o‘rnida aytish mumkin, 2020 yildan boshlab «Azim Zomin shifo» mas'uliyati cheklangan jamiyati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tavsiyalar asosida reabilitatsiya ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Muassasada dam olib ketgan barcha bemorlarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.

«Azim Zomin shifo» MChJ jamoasi o‘z tajribasiga tayangan holda 2021 yilning kuz-qish mavsumida ham yurtdoshlarimizni COVID-19dan keyingi reabilitatsiya va hordiq chiqarishlari uchun taklif qilib qoladi.
Manzil: Jizzax viloyati, Zomin tumani.
Murojaat uchun telefonlar: +998943417547, +998943427547
Veb-sayt: www.zominshifo.uz
Reklama
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi
O‘zbekiston | 12:33
-
Mers: Germaniya Ukraina uchun AQShdan Patriot tizimlarini sotib olishga tayyor
Jahon | 12:30
-
O‘zbekistonda tez yordamga birorta ham yolg‘on chaqiriq bo‘lmagan hudud aytildi
O‘zbekiston | 12:07
-
Akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi
O‘zbekiston | 11:55