Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bir narsani ta'kidlamoqchiman – endi tarixni boricha, adolatli qilib ko‘rsatamiz» – Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi saylovchilar bilan uchrashdi
O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi uchrashuvlarining o‘n to‘rtinchisi, ya'ni oxirgisini o‘zi tug‘ilib o‘sgan hudud - Jizzax viloyatida o‘tkazmoqda. Viloyatda yangi tashkil etilgan industrial zonadagi avtomobil zavodida tashkil etilgan uchrashuv an'anaviy qo‘shiq va olqishlar bilan boshlandi.

Foto: Milliy mass-media fondi
Tadbirni viloyat xalq qabulxonasi rahbari Bayram Uzoqov boshlab berdi. Moderator nomzodning viloyat ravnaqi uchun qilgan ishlarini sanab berdi. Shavkat Mirziyoyevga so‘z berilganida nomzod yig‘ilganlarga hamyurt ekanligini yana bir bor ta'kidladi.
“Nima uchun Jizzax viloyatini oxiriga qoldirdim? Sirdaryoga kelganda bir kunda kelib ketsa bo‘lardi. Lekin Jizzax menga ota yurt, meni ulg‘aytirgan zamin. Har biringiz menga qadrdonsiz, sizlar bilan alohida uchrashmasam bo‘lmasdi.
Juda ko‘p joylarda uchrashuvlar o‘tkazdik, bir narsaga amin bo‘ldimki, odamlar o‘zgaryapti. Faqat o‘z viloyati, hududi uchun emas, butun O‘zbekiston rivojlanishi uchun harakat qilishyapti. Hamma bir gapni qaytaryapti – “Qilsa bo‘lar ekan-ku!”. Har bir xonadon o‘zini o‘zgartirsa bo‘lar ekan-ku.
Jizzaxdagi qiyinchiliklarni men yaxshi eslayman. Jizzax Samarqand yo‘lida joylashgan, Tojikistonga qo‘shni. O‘sha paytlarda shu yo‘lda katta bozor qurish uchun bor-yo‘g‘i 25 ming dollar so‘raganimda 500 so‘m ham berilmagandi. Tekstil korxonasini yo‘lga qo‘yish, Zarafshondan suv olib kelish uchun kamida 20 ta xat yozgandim, lekin baribir amalga oshmagan. Mana, hozir har bir viloyatda bir nechtada tekstil korxonalari ishlab turibdi.Bilasiz, pandemiya biz uchun jiddiy sinov bo‘ldi. Hozir yangiliklarni o‘qib kelyapman – bu kasallikning yangi shtammlari ham paydo bo‘lyapti. Biz “bu shunchaki gripp ekan” deb qaramasligimiz kerak. Bu nihoyatda og‘ir kasallik, emlanishga jiddiy qarashimiz kerak. Har birimiz o‘z sog‘ligimizga e'tibor qilishimiz kerak. Sog‘lom odam ertangi kun uchun reja qiladi, mana shuni hammamiz tushunib olishimiz shart. Oldimizda qish, shamollash keng tarqalyapti, shunday paytda profilaktika talablarini bajarishimiz zarur.
Men ko‘p narsani Jizzaxda o‘rganman, og‘ir yillarim o‘tgan bu yerda. Ko‘pchilik meni paxtani yaxshi biladi, deyishadi. Lekin mening mutaxassisligim boshqa edi. Kechalari kitoblar o‘qiganman va qiyinchiliklar bilan tajriba orttirdim. Bu hayot maktabini menga Jizzax berdi, mana shu yurt meni o‘qitgan desam haqiqat bo‘ladi. Mana shu tajribam Samarqand viloyatida hokimligimda ham, bosh vazirligimda ham foyda berdi, hozir ham asqatyapti.
Men tarix to‘g‘risida ko‘p gapiryapman. O‘zbekiston farzandi Sharof Rashidovga nisbatan qilingan adolatsizliklarni qabul qila olmayman. Shuning uchun bu insonning ulug‘ nomini, xotirasini o‘z o‘rniga qo‘yishimiz kerak. Tez orada Samarqand davlat universitetida muzeylarini ham tashkil qilamiz. Bir narsani ta'kidlamoqchiman – endi tarixni boricha, adolatli qilib ko‘rsatamiz.
Hech bir viloyatda minbarga hayajon bilan chiqmagandim, lekin Jizzaxda hayajon sezilyapti. Chunki mening bozorim ham, mozorim ham shu yurt”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42
-
Yangi formatdagi klublar mundialining plyus va minuslari
Sport | 21:42
-
Zelenskiy va Kellog Ukraina uchun qurol xarid qilish masalasini muhokama qildi
Jahon | 21:38
-
Meta Apple muhandisini 200 mln dollar evaziga ishga yolladi
Jahon | 21:34
Mavzuga oid

16:35 / 11.07.2025
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025
Jizzaxda «er kerak» reklama tadbirini uyushtirgan qizlar jarimaga tortildi

19:41 / 10.06.2025