22 oktyabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston 10:46 / 21.10.2021 6594

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: