Turkiyadan olib kelingan dron to‘xtatib qolindi 

O‘zbekiston 08:22 / 20.10.2021 630

Ma'lum qilinishicha, aeroportga “Istambul-Navoiy” yo‘nalishidagi aviareys bilan olib kelingan yuklar yuk egasi, xolislar va bojxona xodimlari ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Ko‘rik jarayonida yuklar orasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan hamda bojxona nazoratidan yashirilgan, qiymati 1 mln so‘m bo‘lgan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Navoiy xalqaro aeroportida qadimiy tangalar va qog‘oz kupyuralarni noqonuniy tarzda xorijga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqarolar aniqlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: