Toshkent-Qarshi-Toshkent aviaqatnovi qayta tiklanadi

O‘zbekiston 13:41 / 20.10.2021 3966

«O‘zbekiston havo yo‘llari» AJ tomonidan Toshkent-Qarshi-Toshkent aviaqatnovi qayta tiklanadi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida xabar berildi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 2 noyabrdan boshlab «O‘zbekiston havo yo‘llari» AJ Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni qayta tiklaydi.

Parvozlar haftasiga ikki marta, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Parvoz vaqtlari:

  • Toshkentdan uchish: 19:00
  • Qarshiga kelish: 20:00
  • Qarshidan uchish: 20:40
  • Toshkentga kelish: 21:40

Qayd etilishicha, aviachiptalar narxi Toshkent-Qarshi yo‘nalishida 212 ming so‘mdan, Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida esa 373 ming so‘mdan boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: