Surxondaryoda qarzdor korxonadan 15 nafar fuqaroning 115 million so‘mlik ish haqlari undirib berildi

O‘zbekiston 11:08 / 20.10.2021 642

Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudida «Uzun paxta tozalash» AJdan mehnat shartnomalarini buzib, 15 nafar ishchi-xodimning ish haqini o‘z vaqtida to‘lab bermagani yuzasidan kiritilgan da'vo arizasi ko‘rib chiqilgan.

Sud korxonaga 15 nafar ishchi-xodimning o‘z vaqtida to‘lanmagan jami 114 million 820 ming 219 so‘mlik ish haqlarini to‘lab berish bo‘yicha qaror chiqargan.

Mazkur ijro hujjati MIB Uzun tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, darhol ijro harakatlariga kirishildi va taraflar ogohlantirilgan.

Qayd etilishicha, MIB Uzun tumani bo‘limi tomonidan «Uzun paxta tozalash» AJning hisobraqamlariga band solinib, inkasso topshiriqnomasiga asosan ish haqlari to‘liq undirib olingan. Ishchi xodimlarning ish haqlari bank plastik kartalariga to‘liq o‘tkazib berilgan va ularning arizasiga ko‘ra ijro hujjati belgilangan tartibda tugatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: