Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryolik rahbarlar chekka qishloqlarda tunadi: bu minglab muhtojlarga yordam, muammolarga yechim berdi
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan viloyat tashkilotlari rahbarlarining bir guruhi va hokimlik mas'ullari 15-17 oktabr kunlari vohamizning olis va tog‘li hududlarida bo‘lishdi. Rahbarlar qishloq aholisining turmush tarzi, aholining kayfiyatini o‘rganishi natijasida bir qator amaliy ishlar bajarildi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Hokim boshchiligidagi viloyat rahbarlari Dehqonbod, G‘uzor, Mirishkor, Kitob, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlarida joylashgan 24ta uzoq qishloqlarda tunab qolishdi.


Tashabbus davomida davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq fuqarolarni qiynab kelayotgan qator muammolar va ijtimoiy masalalarni hal etish maqsadida ularning fikri eshitildi. Sayyor qabul, tibbiy ko‘rik, madaniy va saxovat tadbirlari o‘tkazildi.



Jumladan, 2141 nafar fuqaroning holidan xabar olinib, ularga 817 dona uy-ro‘zg‘or buyumlari, isitish vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bemorlar uchun 3,2 mln so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. Joylardagi qabullar davomida 958 nafar fuqaroning murojaatiga asosan 618 ta muammo aniqlangan bo‘lsa, shundan 47 tasi uy-joy ta'miri, 63 tasi davolanish, 96 tasi ehtiyojmandlar uchun moddiy yordam ajratish va 5 tasi ta'lim yo‘nalishlari, shuningdek, kommunal xizmatlar, yo‘l ta'miri va boshqa 407 ta masala bo‘yicha murojaatlar o‘rganildi. Ko‘plab muammolar joyida hal etildi va qolganlariga ham tez orada ijobiy yechim topish uchun 259,8 mln so‘m mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.



“Nevaramning shartnoma pulini to‘lashdagi qiyinchilik va o‘ylarimning chegarasi yo‘q edi. Kichkintoylarning rizqini qiyib, bahorda bolalaydigan sigirimizni sotib, shartnoma pulini shaharga borib to‘lab kelasan, deb turgan edim o‘g‘limga. Shanba kuni qabulga borgan o‘g‘lim "Ona, nevarangizning 12 mln shartnoma pulini davlat to‘lab berarkan", degan gaplarini eshitib ko‘zimga yosh keldi. Quvonchdan yig‘ladim. Prezidentni duo qildim” deydi shahrisabzlik Sanam momo.



O‘tkazilgan sayyor qabullarning amaliy davomi sifatida xonadonma-xonadon o‘rganishlar tashkil etilib, ularga turli xil uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari va pul mablag‘lari moddiy yordam tariqasida taqdim etildi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi

15:31 / 20.06.2025
Prezident Kitobdagi oltin konini auksion asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha topshiriq berdi

15:13 / 20.06.2025